Commons:User access levels/uz-latn

Shortcut: COM:UAL

Foydalanuvchi guruhlari

Roʻyxatdan oʻtmagan IP foydalanuvchilari

Roʻyxatdan oʻtmagan IP foydalanuvchilari fayllarni yuklay olmaydi, lekin boshqa koʻplab tahrirlarni amalga oshirishi mumkin.

AbuseFilter/105 (Commons:Administrators' noticeboard/Archive 39#Proposed Change of Rules da taklif qilinganidek) anonim foydalanuvchilar tomonidan baʼzi sahifalar yaratishni oldini oladi. Tegishli MediaWiki xabari MediaWiki:Abusefilter-warning-new-pages-by-anon-users hisoblanadi.

  • IP-lar hisob yaratishi bilanoq, sahifalar yaratishi mumkin.
  • Faqat sahifa yaratish taqiqlangan. Mavjud sahifalarni tahrirlash mumkin.
  • Munozara nomfazolari IP foydalanuvchi tomonidan yaratilishi mumkin.
  • IP-lar turkumlar, oʻchirish soʻrovi va ostsahifalarni yaratishi mumkin.


Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar

Yana qarang: Commons:Users

Foydalanuvchilar tizimga kirgan hissa qoʻshuvchilardir. Ular sahifalarni yaratishi va tahrirlashi, fayllarni yuklashi mumkin. Ularga ruxsat berilgan amallarning toʻliq roʻyxatini Special:ListGroupRights#user sahifasida koʻrish mumkin.

Avtomatik tasdiqlangan foydalanuvchilar

Yana qarang: Commons:Autoconfirmed users

Avtomatik tasdiqlangan foydalanuvchilar yaratilganiga ≥ toʻrt kun boʻlgan hisob qaydnomasiga kirgan hissa qoʻshuvchilardir. Avtomatik tasdiqlangan foydalanuvchilar:

  • yarim himoyalangan sahifalarni tahrirlash (editsemiprotected),
  • rasmlar va turkumlardan tashqari sahifalarni koʻchirish (move),
  • mavjud faylni qayta nomlash (reupload)
  • captcha (skipcaptcha) orqali oʻtmasdan amallarni bajarish.

Tasdiqlangan foydalanuvchilar

Baʼzi hollarda hisoblar ushbu odatiy tasdiqlash muddatidan ozod qilinishi kerak. confirmed guruhi autoconfirmed guruhi bilan bir xil huquqlarni oʻz ichiga oladi, lekin Commons:Requests for rights soʻrovi boʻyicha adminlar tomonidan kerak boʻlganda berilishi mumkin. Ushbu guruhdagi 2 foydalanuvchilar roʻyxatini Special:Listusers/confirmed ga qarang.

Administratorlar

Yana qarang: Commons:Administrators

Administratorlar, shuningdek, adminlar yoki sysop deb ataladi — yuqori darajadagi foydalanuvchilar guruhidir. Foydalanuvchi huquqlariga kelsak, ular sahifalar va fayllarni oʻchirish va himoya qilish; bloklash va foydalanuvchilarni, IP manzillarni va IP diapazonlarini blokdan chiqarish; toʻliq himoyalangan sahifalarni tahrirlash kabi vazifalarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari, ular tasdiqlangan, qaytaruvchi, patrollovchi/avtopatrullanuvchi, fayllarni koʻchiruvchi, tasvirlarni tekshirib chiquvchi, Yuklash ustaxonasi muharriri va IP-chetlashtirishdan mustasno qilingan foydalanuvchilar guruhlarini qoʻshishi yoki bekor qilishi mumkin. Administratorlar, shuningdek, oʻchirish soʻrovlarini koʻrib chiqish, vandalizmdan himoya qilish va himoyalangan sahifalar bilan ishlash orqali hamjamiyatda muhim rol oʻynaydi. Ular barcha siyosat va koʻrsatmalarga rioya qilishlari va kerak boʻlganda hamjamiyat konsensusini hurmat qilishlari kerak. Batafsil maʼlumot uchun Commons:Guide to adminship sahifasiga qarang.

Foydalanuvchilar Commons:Administrators/Requests sahifasida Commons:Administrators koʻrsatmalariga muvofiq administratorlik uchun nomzod berishlari mumkin. Special:ListUsers/sysop sahifasiga qarang.

Rasmiyatchilar

Yana qarang: Commons:Bureaucrats

Rasmiyatchilar — tajribali va ishonchli adminlar boʻlib, ular hisob yaratuvchisi, administrator, interfeys administratori, GWToolset foydalanuvchisi, tarjima administratori va bot foydalanuvchilar guruhlari, rasmiyatchi huquqlarini beradi. Ular bunday huquqlarga oid soʻrovlarni koʻrib chiqish, Commons:bureaucrats' noticeboard sahifasidagi soʻrovlarga javob berish, jamiyatning asosiy muammolari boʻyicha muhokamalarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish va ularga oshkor etilishi mumkin boʻlgan maxfiy maʼlumotlarni koʻrib chiqish uchun javobgardir.

Rasmiyatchi haqida batafsil maʼlumot uchun Commons:Burecrats/Howto sahifasiga qarang. Commons’dagi rasmiytchilar roʻyxati Special:ListUsers/bureaucrat sahifasida berilgan.

Styuardlar

Yana qarang: Meta:Stewards

Styuardlar — global foydalanuvchilar guruhidir. Ular brcha Vikimedia loyihalaridagi barcha amallarni qila oladi, huquqlarning toʻliq doirasiga ega. Xususan, ular 5000dan ortiq tahrirlangan sahifalarni oʻchirib tashlashi mumkin (bigdelete) va har qanday ruxsatnomalarni (userrights) berishi yoki bekor qilishi mumkin. Xususan, ular tekshiruvchi yoki nazorat ruxsatlarini berishi yoki bekor qilishi mumkin boʻlgan yagona foydalanuvchilardir.

Maxsus huquqlar

Eski holiga qaytaruvchilar

Shuningdek qarang: Commons:Rollback

Eski holiga qaytruvchi – foydalanuvchi tomonidan bir sahifadagi ketma-ket qilingan tahrirlarni boshqa bir foydalanuvchining oxirgi tahririga qaytarishi mumkin boʻlgan foydalanuvchidir. Administratorlar sukut boʻyicha bunday huquqqa ega va ular soʻrov boʻyicha administrator boʻlmagan ishonchli foydalanuvchilarga berishlari mumkin. Global rollbackers ham shunday huquqqa ega. Wikimedia Commons’da 753 nafar eski holiga qaytaruvchi mavjud.

Patrullovchi va avtopatrullanuvchi

Yana qarang: Commons:Patrol

Patrullovchi – tahrirlar, yuklashlar va sahifa yaratilishini „patrullangan“ deb belgilashi mumkin boʻlgan foydalanuvchilar, yaʼni ular vandalizm uchun tekshirilgan. Ular, shuningdek, batafsil suiisteʼmol jurnali yozuvlarini koʻrishlari mumkin. Patrullovchi huquqlari adminlarga avtomatik ravishda beriladi, ammo soʻrov boʻyicha ishonchli administrator boʻlmagan foydalanuvchilarga berilishi mumkin. Wikimedia Commons’da 668 nafar patrullovchilar bor.

Avtopatrollanuvchilar — tahrirlari avtomatik ravishda tekshirilgan deb belgilangan foydalanuvchilar. Bundan tashqari, ular URL manzilidan fayllarni yuklashlari mumkin. Avtopatrullanuvchi huquqlari sukut boʻyicha patrullovchilar va adminlarga beriladi. Wikimedia Commons’da 7 739 nafar avtopatrullanuvchi bor.

Qayta nomlovchilar

Yana qarang: Commons:File mover

Fayl koʻchiruvchilar — fayllar nomini oʻzgartirish huquqiga ega. Huquq maʼmurlarga ham avtomatik ravishda beriladi. Bu guruhda 1 709 foydalanuvchi bor.

GWToolset foydalanuvchilari

Yana qarang: Commons:GWToolset foydalanuvchilari

GWToolset foydalanuvchilari — GLAMWikiToolset kengaytmasi orqali GLAM platformalaridan rasmlarni ommaviy ravishda yuklay oladigan foydalanuvchilardir. Bu status faqat byurokratlar tomonidan berilishi mumkin. Hozirda GWToolsetga kirish huquqiga ega 0 foydalanuvchilar bor.

Litsenziya tekshiruvchilari

Yana qarang: Commons:License review

Andoza tahrirchilari

Yana qarang: Commons:Template editor

Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar

Yana qarang: Commons:Checkusers

Chekuser — tahrirlovchilarga tegishli shaxsiy maʼlumotlarni, masalan, ularning IP-manzilini koʻrishi mumkin boʻlgan foydalanuvchilar. Tekshirish huquqi faqat 18 yosh va undan katta boʻlgan, Jamgʻarmaga oʻziga aloqador maʼlumotlarini taqdim etgan adminlarga beriladi; batafsil maʼlumotni shaxsiy maʼlumotlar siyosatiga sahifasidan olishingiz mumkin. Hozirda Commonsda 4 foydalanuvchilrni tekshiruvchi mavjud. Tegishli soʻrovlar Commons:Requests for checkuser sahifasida amalga oshiriladi.

Nozirlar

Yana qarang: Commons:Oversighters

Nozirlar – tahrirlar tarixining ayrim qismlarini va qaydlarini yashirishi mumkin boʻlgan foydalanuvchilardir. Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar singari, ular 18 yosh va undan katta boʻlgan, shaxsiga aloqador maʼlumotlarini Jamgʻarmaga taqdim etgan va maxfiylik shartnomasini imzolagan adminlar boʻlishi kerak. Oʻchirilgan tahrirlar faqat nazoratchilar tomonidan koʻrib chiqilishi va tiklanishi mumkin. Hozirda Commons’da 3 nafar nazoratchilar mavjud. Nazorat choralari boʻyicha soʻrovlar elektron pochta orqali oversight-commons@lists.wikimedia.org manziliga yuborilishi mumkin; Streisand effektini oldini olish mmaqsadida, ular ommaga oshkor etilmaydi.

Hisob yozuvi yaratuvchilari

Yana qarang: Commons:Account Creators

Hisob yozuvi yaratuvchisi – tezda yangi hisob yaratish bilan bogʻliq cheklovlarni yumshatish uchun moʻljallangan. U noratelimit foydalanuvchi huquqini taʼminlaydi, bu foydalanuvchiga tahrirlash, sahifalarni koʻchirish, hisob yaratish va hokazolarni dasturiy taʼminot odatdagidan tezroq bajarish imkonini beradi.

Boshqa statuslar

Botlar

Yana qarang: Commons:Bots

Botlar – qoʻlda bajarish zarur boʻlgan takrorlanuvchi vazifalarni qilish uchun avtomatlashtirilgan dasturlar. Barcha botlar, jumladan, bot bayrogʻi boʻlmaganlar ham Wikimedia Commons’da ishlash uchun ruxsatga ega boʻlishi kerak va ular vazifalar bilan cheklangan. Ular egasining hisob yozuvidan alohida ishlashi kerak.

bot bayrogʻi barcha botlarga emas, faqat ayrimlariga tayinlanadi. bot bayrogʻi boʻlgan foydalanuvchilar tomonidan tahrirlar foydalanuvchi kuzatuv roʻyxatlarida, yangi oʻzgarishlar yoki yangi fayllarda koʻrsatilmaydi. Ular, shuningdek, API soʻrovlarini amalga oshirish imkoniyati kabi huquqlarga qoʻshimcha ravishda avtomatik tasdiqlangan foydalanuvchilar bilan bir xil huquqlarga ham ega. Ayni paytda 173 bayrogʻiga ega foydalanuvchi bor..

IP chetlashtirishdan mustasnolar

Yana qarang: Commons:IP block exemption

IP chetlashtirishdan mustasnolar — bloklangan IP diapazonidan tahrirlaydigan yoki texnik sabablarga koʻra anonim proksi-server orqali tahrirlashi kerak boʻlgan ishonchli foydalanuvchilarga berilishi mumkin. Administratorlarga ushbu huquq avtomatik tarzda beriladi va kerak boʻlganda IP chetlashtirishdan mustasno qilishni tayinlash yoki bekor qilish huquqiga ega.

Fayl yuklash ustaxonasi tahrirchilari

Yana qarang: Commons:Upload Wizard campaign editors

Upload Wizard campaign editors are users who can create and edit pages in Campaign namespace and therefore configure the UploadWizard to behave differently for different tasks and users. This capability can, for example, be used in upload campaigns (e.g. photo competitions). In addition to Upload Wizard campaign editors, Commons administrators are also able to configure the UploadWizard. See the UploadWizard campaign functionality documentation for further information.

Deprecated access levels

OTRS members (removed)

This flag used to be given to all admins. However not all admins are OTRS members so in about mid-2012, Special:AbuseFilter/69 was changed so that users who do not have the OTRS flag have their OTRS edits marked in the history logs as "(OTRS permission added by non-OTRS member)". OTRS was renamed in 2021 to VRTS. This will occur even if a valid VRTS member adds VRT templates to files but that member has not been given the VRTS flag yet.

This flag was replaced by a global user group in late 2014 per a RfC on Meta-Wiki.

Extended uploader

A rank given to experienced uploaders. Rights include being able to play MP3 files. This rank was incorporated into the Autopatrolled rank following a consensus.

Requesting permissions

Most rights are requested at Commons:Requests for rights. Admin, bureaucrat, checkuser and oversight rights are requested at Commons:Requests and votes. Steward rights are handled at meta.wikimedia (stewards).

See also

Category:Commons help/uz-latn
Category:Commons help/uz-latn