Commons:Language policy/uz
Shortcuts: COM:LP • COM:LANG • COM:NAME
Vikiombor — ko‘p tilli loyiha. Ushbu sahifada loyihaning ko‘p tilli kontentdan qanday foydalanish va qaysi tilda qanday kontent bo‘lishi kerakligi haqidagi qoidalar mavjud. Moslashtirish jarayonining texnik tafsilotlari uchun Mahalliylashtirish sahifasiga qarang.
- Galereyalar, turkumlar va fayllar tavsifi sahifalaridagi tavsiflar istalgan tilda bo‘lishi mumkin va bir nechta tilda kiritilishi zarur. Keraksiz ma’lumotlar va vizual chalkashliklarni kamaytirish uchun til andozalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
- Galereya nomlari odatda mahalliy tilda bo‘lishi kerak. Aniqroq qoidalarni bilish uchun Galereyalar sahifasiga qarang.
- Turkum nomlari ingliz tilida bo‘lishi kerak, ba’zi atoqli otlar, biologik taksonlar va ingliz tilida aniq ekvivalenti bo‘lmagan atamalar bundan mustasno. Aniqroq qoidalarni bilish uchun Turkumlar sahifasiga qarang.
- Ijodkorlarning ismlari ingliz adabiyotida eng ko‘p uchraydigan shaklda bo‘lishi kerak.
- Fayllarni istalgan tilda nomlash mumkin. Faylning nomi tavsiflovchi bo‘lishi lozim. (Qarang: Fayl nomlanishi)
- Andozalarni istalgan tilda yaratish mumkin. Andoza matni bir nechta tilda mavjud bo‘lgan hollarda, ingliz tilidagi versiya asosiy hisoblanadi va andozaning boshqa tillardagi versiyalari aynan shu nusxaga asoslanishi lozim.
- Qoida va ko‘rsatmalar ingliz tilida yoziladi hamda boshqa tillarga tarjima qilinadi. Qoida yoki ko‘rsatmaning ingliz tilidagi varianti boshqa tillardagi variantlar uchun asos bo‘lgan rasmiy versiya hisoblanadi.
Tarixi
Ushbu til qoidasiga asos bo‘lgan 2009-yildagi taklif o‘zi ham bir nechta tillarga tarjima qilingan edi. Bular qatoriga Commons:Sproche, Commons:Politikerezh yezh, Commons:Convencions de noms (idioma), Commons:Sprooch, Commons:Convencions de nomenatge (lenga), Commons:Języki, Commons:Política de línguas va Commons:语言政策 kabi tillar kiradi.